Maydonlar va Kompyuter Xonalarini 24/7 Onlayn Bron Qilish
Endi qo‘ng‘iroq qilish va navbat kutish shart emas. Istalgan sport maydoni yoki game clubni real vaqtda tanlang va 1 daqiqada onlayn bron qiling.
Maydonlarning real vaqtdagi bandlik holati, bo'sh soatlari va narxlarini bir qarashda solishtiring va eng qulay vaqtni tanlang.
Bir necha soniyada bronni tasdiqlang. Telegram bot orqali maydon egasi va sizga darhol rasmiy bildirishnoma va eslatmalar boradi.
O'yin uchun sherik toping, ochiq bahslar e'lon qiling va butun O'zbekiston bo'ylab sportchilardan iborat jamoangiz bilan do'stona bellashing.
Sifatli qoplamali stadionlar, qulay dushxona va tungi yoritishga ega professional arenalar
O‘zbekiston bo‘ylab eng yaxshi game clublar, kompyuter xonalari, VIP zallar va PlayStation xonalarida real vaqtda joyingizni band qiling.
Sport maydonini bron qilish uchun bor-yo'g'i 3 ta oddiy qadam
Xarita, sport turlari yoki game clublar orqali o'zingizga yaqin va qulay joyni toping.
24/7 onlayn jadvaldan bo'sh vaqtni, VIP zal, Bootcamp yoki o'rindiqlarni tanlang.
Bir necha soniyada bronni tasdiqlang, do‘stlaringiz va jamoangiz bilan maroqli hordiq chiqaring.
FitClick orqali sport maydonlarini band qilgan haqiqiy mijozlar sharhlari
Maydonlardan foydalangan mijozlarning haqiqiy baho va sharhlari ushbu bo'limda avtomatik aks etadi.
Sport maydoni va majmua egalari platformamizga 2 xil usulda qo'shilishlari mumkin. Adminlarimiz sozlamalarni bepul qilib beradi va biznes kabinetingizni faollashtiradi.
O'zingizga qulay bo'lgan usulni tanlang — admin orqali tayyor kabinet ochtirish yoki mustaqil ro'yxatdan o'tish
Toshkent va butun O‘zbekiston bo‘ylab kompyuter xonalari, game clublar, futbol stadionlari hamda tennis kortlarini onlayn bron qilish bo‘yicha to‘liq ma'lumotlar.
FitClick — bu kompyuter xonalari va game clublarni onlayn bron qilishning eng qulay usuli. Platformada o‘zingizga yaqin game clubni tanlang, bo‘sh o‘rin yoki VIP xonani belgilang va 1 daqiqada onlayn bron qiling. Endi navbat kutish yoki telefon qilib so‘rash shart emas — 24/7 onlayn tizimda bo‘sh o‘rindiqlar real vaqtda ko‘rinadi.
FitClick orqali Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Buxoro va barcha viloyatlardagi futbol maydonlari (mini polya), tennis kortlari, padel maydonlari, basketbol va voleybol zallarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon qilmasdan onlayn band qilish mumkin. Jadvaldan bo‘sh soatni tanlab, bir zumda tasdiqlaysiz.
Game clublarda narxlar kompyuter quvvati va zonaga qarab soatiga 10,000 UZS dan, kechki tun paketlari (Night package 22:00 – 08:00) esa 50,000 UZS dan boshlanadi. Futbol va sport maydonlari esa maydon qoplamasi va qulayliklariga qarab soatiga 100,000 UZS dan 350,000 UZS gacha bo‘ladi.
Agar siz game club yoki sport maydoni egasi (biznesmen) bo‘lsangiz, sahifadagi "Biznes kabinet" shakli orqali arizangizni qoldiring. Administratorlarimiz arizani ko‘rib chiqib, maydoningiz yoki game clubingizni FitClick platformasiga bir necha daqiqada ulab berishadi va yangi mijozlar oqimini ta‘minlashadi.